Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov 22- sonli Mehribonlik uyida faoliyat yuritayotgan “Gulbahor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida hokim oromgohni ko‘zdan kechirib, bolalar va sport maydonchalari, xiyobon va ayvonlarning holati haqida mutaxassislarning fikrlarini tingladi. Binolar va yoritish tizimini taʼmirlash, hududni obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Oromgohda taʼmirlash ishlari boshlandi. Bolalar yetib kelgunga qadar bu yerga gullar ekilib, yashil maydonlar tartibga keltiriladi va ayvonlar yangi ranglar bilan bo‘yaladi.