7 nafar bolalarni o’z qaramog’iga olgan Samarqand tumanida yashovchi Djalilovlar oilasiga havas qilmay ilojingiz yo’q. Bolalar tarbiyali, bir-birlariga gʻamxoʻr va mehribon, shuningdek, kattalarga hurmatda-kichiklarga izzatda boʻlib ulgʻayishmoqda. Oʻgʻil-qizlarning bo’sh vaqtlarini samarali va mazmunli o’tkazish maqsadida yurtimizning turli diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkillashtirilmoqda. Navbatdagi sayohat manzili qadimiy Buxoro shahri boʻldi. Tadbir davomida bolajonlar hamisha navqiron Buxorodagi tarixiy obidalar hamda muzeylarni aylanishdi.
Yurtimizning boy tarixi va durdonalarini ko’rib bolalarning Vatanga boʻlgan mehri yanada ortdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.