Mazkur tadbir Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B. Abdullayev, Toshkent shahar harbiy prokurori A. Boboyev, mutasaddi rahbarlar, harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirokida oʻtkazilib, unda oʻquvchilar tomonidan qoʻl mehnati asosida tayyorlangan buyum va narsalar, shuningdek, milliy taomlar koʻrgazmasi namoyish qilindi.
Yarmarka koʻtarinki kayfiyatda boshlanib, harbiy ansambl tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar bilan davom etdi.
Oʻquvchi yoshlar tomonidan mohirlik bilan tayyorlangan buyumlarni diqqat va hayajon bilan kuzatib borgan mehmonlar ularning mahoratiga yana bir bor qoyil qolishdi.
Taʼkidlash joizki, bu kabi tadbirlar bolalarda yangi qirralar ochilib, oʻz qobiliyatlarini namoyon qilishga va yana bir yangi kasbni oʻzlashtirishlariga keng zamin yaratdi.