Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi “Kelajak vorislari” Oilaviy bolalar uyi farzandlari poytaxtimizga tashrif buyurishdi.
Sayohat dasturiga koʻra oʻg’il-qizlar kundan-kunga rivojlanib borayotgan Toshkentning eng diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, ularda shahar markazidagi «Ice city» muz saroyi, “G’alaba bog’i”, “Anhor” istirohat bog’i katta taassurot qoldirdi.
Sayohat dasturi yakunlanib bir olam taassurotlar bilan Samarqandga qaytgan bolajonlar tashkilotchilar tomonidan yaratilgan bunday imkoniyatdan cheksiz minnatdor ekanligini izhor etishdi.