Tumandagi 319-sonli maktabda 5-6 sinf o‘quvchilari uchun Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Yakkasaroy tumani IIB profilaktika inspektori, shuningdek, 91-sonli maktabda esa xodimlar 7-9 sinf o‘quvchilari, maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi huquqshunosi ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi qanday kurashish kerakligi, notanish odamning xatti-harakati shubha uyg‘otsa, qanday yo‘l tutish kerakligi va nega mehribon ko‘ringan begona odamning taklifiga rozi bo‘lmaslik kerakligi haqida maʼlumotlar berishdi.
Shuningdek, o‘quvchi yoshlarga huquqbuzarlik va jinoyatchilik aslida nimani anglatishi, o‘smirlar qaysi sabablarga ko‘ra ko‘proq huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yayotgani va ularning sodir etilishi qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi tushuntirilib, tavsiyalar berildi.