Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi oilaviy bolalar uyida yashovchi Narziyevlar oilasi farzandlari Toshkentga sayohatga kelishdi. Poytaxt mehmonlarda unutilmas xotiralar qoldirdi. Hiyobon va maydonlar, zamonaviy inshootlar va qadimiy meʼmoriy obidalarning uyg‘unligi bolalarda katta taassurot qoldirdi. Yosh mehmonlarga, ayniqsa poytaxtning «Magic City» istirohat bog‘i, hayratlanarli «Tashkent city» xalqaro biznes markazi va “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i singari manzillari juda maʼqul keldi.