O‘smirlarga voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar haqida so‘zlab berildi. Mutasaddilar, o‘qituvchilar va o‘quvchi yoshlarning bu kabi xatti-harakatlariga nima sabab bo‘layotganligini muhokama qilishdi.
Shuningdek, bolalarga pichoq ko‘tarib yurgan o‘smirlar muammosi yuzasidan maʼlumotlar berilib, janjal vaqtida pichoq qachon qo‘llangani va oqibatlari qanday bo‘lishi haqida misollar keltirildi.
Samimiy muloqot so‘ngida harbiylar maktab o‘quvchilariga murojaat qilar ekan, bolalarni o‘qishga jiddiy yondashishga, bo‘sh vaqtlarini kitobxonlik, sport, musiqa va rasm chizishga bag‘ishlashga chaqirdi. Suhbatdan so‘ng Milliy gvardiya xodimlari kamondan otish bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazdi.