"Yongʻin xavfsizligi oyligi" munosabati bilan poytaxtimizdagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylarida Yashnobod va Chilonzor tumani FVB bo’limi xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
FVB xodimlari oʻgʻil-qizlarga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berib, ayniqsa, loqaydlik, beparvolik, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik va bolalarning olov bilan oʻynashlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni eslatishdi.
Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lganda qanday harakat qilish kerakligi haqida maʼlumot berilib, xavfsizlik qoidalarini o‘zida jamlagan bukletlar va eslatmalar tarqatildi.
Eng muhimi mashg‘ulot davomida o’g’il-qizlar yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.