Yangi yil bayramiga bir haftadan ko‘proq vaqt qoldi. Bolalar va yoshlar allaqachon ertak qahramonlari, sovg‘alar va albatta, qishki taʼtil kunlarini intiqlik bilan kutishmoqda. Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Oilaviy bolalar uylari hamda “SOS” Bolalar mahallalari uyushmasi tarbiyalanuvchilarini bayram tadbiriga taklif qildi. Tashkilotchilar tadbirda ishtirok etgan 100 nafarga yaqin bolalarning har biriga alohida eʼtibor qaratdi. Hamma ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilgan musobaqalar va o‘yinlarda qatnashdi. Kimdir qo‘shiq kuyladi, kimdir sheʼr o‘qidi, barcha o‘g‘il-qizlar raqsga tushishdi, kulishdi, sovg‘alar uchun xursand bo‘lishdi.