Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyida hosil bayrami nishonlandi. Tarbiyachilar bolalarga yig‘im-terim mavsumi tugashi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayramni nishonlashning azaliy anʼanalari, qadim zamonlarda ota-bobolarimiz tomonidan qish va kelgusi hosil uchun urug‘larni qanday yig‘ib olingani haqida gapirib berdi. Bolalar bayram munosabati bilan sheʼrlar, qo‘shiqlar o‘rganishdi, o‘qituvchilar bilan birgalikda sahna ko‘rinishi ssenariylarini o‘ylab topishdi. Shuningdek, rangli qog‘ozlardan turli xil meva va sabzavotlar yasadilar.
Bayramga tadbirkor N. Xanbabayeva mehmon sifatida taklif etildi. Mehmon bolalar o‘yinlarini tomosha qilish bilan birga, o‘zi ham turli musobaqa va topishmoq tanlovlarida qatnashdi. Tadbir barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.