Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyida “Bitiruvchi-2022” bayrami tashkil etilib, unda IIV Qorovul qo‘shinlari ansambli ham ishtirok etdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar va homiylar yigit-qizlarni maktabni aʼlo baholarga bitirganliklari bilan tabriklab, oliygohlarga o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotganlarga hamda kasb-hunar egallamoqchi bo‘lgan yoshlarga mustaqil hayotlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Ansamblning xushovoz xonandalari tomonidan kuylangan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Bayramona dasturxon ustida bo‘lgan davra suhbati barcha ishtirokchilarni dildan suhbat qurib, yaqindan tanishishlariga zamin yaratdi.