Respublikamizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlariga start berildi // "Yongʻin xavfsizligi oyligi" munosabati bilan poytaxtimizdagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylarida Yashnobod va Chilonzor tumani FVB bo’limi xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. // Sirdaryo viloyatida joylashgan Oilaviy uylarda "Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish" maqsadida 15-noyabrdan 15-dekabrgacha boʻlib oʻtayotgan "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, elektr va gaz taʼminoti tashkiloti xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik yoʻriqnoma va koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi. // Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida ochiq eshiklar kuni va "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi // Buxoro viloyatining Romitan tumanida yana bir maktabning qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi // Farzand tarbiyasida maktab va ota-ona hamkorligi // “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi // "Hilpirayver muqaddas bayroq" shiori ostida tadbir o'tkazildi. // Buxoro shahridagi 35-sonli maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun bunosabati bilan tadbir tashkil etildi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! 

Milliy gvardiya masʼullari oilaviy bolalar uylaridagi vaziyatni o‘rganib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rganmoqda

27.8.2024 635

Shu kunlarda Milliy gvardiya Markaziy apparati vakillari bolalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A. Pirmatov boshchiligida Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lib, oilaviy bolalar uylariga bordi.

Bugungi kunda ishchi guruh Furqat tumanidagi sakkiz nafar bola voyaga yetayotgan "Mehribon qalb", Qo‘qon shahridagi to‘rt nafar bola voyaga yetayotgan "Oila bolalar baxti”, Quva tumanidagi to‘rt nafar bola ulg‘ayayotgan "Saxovat mehridaryo" oilaviy bolalar uylariga bordi.

Tashriflardan asosiy maqsad bolalarning yashash, o‘qish va dam olish sharoitlarini, maktab anjomlari va formalarning mavjudligi, shuningdek, hokimlarning oilaviy bolalar uyi tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari, farzand asrab oluvchi ota – onalar kurslarini tamomlaganlik, malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar kabi hujjatlar mavjudligini o‘rganish bo‘ldi. Shu qatorda, bolalar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganligi ham tekshirildi.

Gvardiya vakillari Ota-onalar va bolalar bilan individual hamda guruh bo‘lib suhbatlashib,bolalarning yozgi taʼtilni qanday o‘tkazganliklari, ota-onalar o‘spirinlarni tarbiyalashga yetarlicha eʼtibor berayotganligi, ularning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‘shayotganligi hamda katta yoshdagi bolalarni mustaqil hayotga tayyorlayotganligini aniqlashdi. Bolalar ishtirok etadigan to‘garaklar, ijodiy studiyalar va sport to‘garaklari hamda muvaffaqiyat va yutuqlari haqida suhbatlashib, rejalar va orzulari bilan bo‘lishishdi. Bolalar bilan o‘tkazilgan suhbatlardan gvardiyachilar oiladagi axloqiy va psixologik muhit, kattalar va o‘spirinlar o‘rtasida qanchalik ishonchli munosabatlar rivojlanganligi to‘g‘risida xulosa chiqarishdi.

Uchrashuv yakunida masʼullar ota-onalarning savollariga javob berishdi, inspektor-psixologlar esa bolalarni tarbiyalash va ularni yangi o‘quv yili boshlanishiga tayyorlash bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berishdi.