Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda harbiy-vatanparvarlik hamda sport tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Kuni kecha Andijon shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Xalq va armiya – bir tanu, bir jon" shiori ostida vatanparvarlik tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida faxriy qorovul chiqishlari, zamonaviy harbiy qurol-aslaha koʻrgazmalari namoyish etilib, maxsus boʻlinmalar tomonidan turli jangovar chiqishlar oʻquvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.