Bayram arafasida yuksak mehr va g‘amxo‘rlik ifodasi bo‘lgan “Prezident sovg‘alari” barcha hududlarda tantanali tarzda o‘z egalariga topshirilmoqda.
Bugun, 29-dekabr kuni viloyat hokimi Botir Zaripov, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamda Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi mutasaddilari Buxoro shahridagi 2-, 6-, 7- va 9-oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurib, bolajonlarga “Prezident sovg‘alari”ni topshirdilar.
Bolajonlarga samimiy bayram tilaklarini tilar ekanlar, ular hamisha mehr va eʼtibor og‘ushida ekanliklarini alohida eʼtirof etdilar.