Vatanga qasamyod – er yigitlar hayotida bir marotaba boʻladigan muhim va unutilmas voqea boʻlib, ular ham Vatan himoyachilari safidan oʻrin oladilar.
Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasida boʻlib oʻtgan askarlarning qasamyod qabul qilish marosimida Oilaviy bolalar uyi farzandlari ham birinchi bor ishtirok etdi.
Tadbirning badiiy qismida 1- sonli Oilaviy bolalar uyi farzandlari Kurbanov Vohid, Adambayev Muhammadli va Muxammetov Muhammadjonlarning chiqishlari yigʻilganlar tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olindi.
Yosh avlodni Vatanga sadoqatli, kuchli va mustahkam feʼl-atvor egalari qilib tarbiyalashda bu kabi tadbirlarning ahamiyati kattadir.