O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosi doirasida hududlarda qator saʼy- harakatlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘nalishda Surxondaryo viloyatida Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari hamda hokimlik masʼul vakillari tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka olgan oilalarning turmush tarzi, yashash sharoiti va muammolari ko‘zdan kechirilib, tizimli ravishda bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilish, yetim bolalarni o‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan "Mehr daftar" platformasiga kiritish choralari ko‘rilmoqda.