Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi psixologi T.Soliyeva Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Xusenovlar xonadoniga bolajonlarning oilaga moslashuvchanligini oʻrganish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif davomida ota-onaga maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari, farzandlarning oilaga ijtimoiy moslashuviga oid tavsiyalar berildi.
Shuningdek, psixolog tomonidan bolalar bilan psixologik treninglar va yakka tartibda suhbatlar olib borildi. Ochiq muloqot davomida bolajonlarga ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash, tengdoshlari bilan doʻstlikni mustahkamlash toʻgʻrisida tavsiyalar berildi.