Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan Oilaviy bolalar uyi farzandlari bilan doimiy ravishda yakka va jamoaviy tartibda suhbatlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, muammoli vaziyatlar bo‘yicha maxsus o‘yinlar yordamida oila muhitida uchrayotgan muammo va kamchiliklar atroflicha o‘rganilmoqda.
Bundan tashqari, "Anketa so‘rovi", "Ruhiy zo‘riqish va agressiyasi yuqori bo‘lgan bolalarni aniqlash metodikalari" deb nomlangan psixologik uchrashuvlar ham bolajonlarning ruhiy barqaror bo‘lishida ijobiy natija bermoqda.