Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tajribali psixologlari tomonidan navbatdagi psixologik treninglar tashkil etildi.
Tashkil etilgan tadbirlar ko‘tarinki va yuqori kayfiyatda o‘tdi. Yoshlar uchun tayyorlangan turli psixologik o‘yinlar, miyani o‘ylashga majbur qiluvchi bir-biridan qiziqarli jumboqlar bolajonlar ruhiyatini ko‘tarishga, ularga yanada ko‘tarinkilik baxsh etishga xizmat qildi.
E'tirof etish joizki, barcha mashg'ulotlarda yoshlar dunyoqarashlari, g'oyalarini, o'zlari fikrlarini erkin va ravon tortinmasdan ayta olishlikni o'zlari uchun zarur ekanligini tushunib oldilar.
Shu bilan birga, mazkur tadbirlarda saxovatpesha oilalarga muqaddas Ramazon oyida sovg‘alar ham ulashildi.