Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi mutaxassis psixologlari Mattiyevlar oilaviy bolalar uyi farzandlari bilan navbatdagi psixologik trening o‘tkazishdi. Bolalar uchun bu o‘yin tariqasida bo‘ldi, psixologlar uchun esa bolalarning javoblari, chizgan rasmlari ularning ruhiy holatlari, vahima va qo‘rquvlari haqida maʼlumot olishga imkon beradi. Natijalar bo‘lsa, bolalar bilan ishlash uchun reja tuzish, ota-onalariga tavsiya va maslahatlar berish uchun asosiy omil hisoblanadi .
Bundan tashqari psixologlar tomonidan bolalarga mantiqiy mashqlar berildi. Bu esa o‘z o‘rnida bolalarning mantiqiy va analitik fikrlashiga, dunyoqarashini kengayishiga va o‘z fikrini qo‘rqmasdan, erkin ayta olishiga yordam beradi.