Joriy yilning 18 oktyabr kuni Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi mutaxassis psixologlari o‘zlariga biriktirilgan "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilari taxsil olayotgan maktablarga tashrif buyurishdi. Tarbiyalanuvchilar qalbidagi ezgu orzu-maqsalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Mutaxassis psixologlar bolalarni o‘qishga bo‘lgan munosabatlari, ularning fikrlash doiralari va fanlar bo‘yicha savol-javob jarayonlarini amalga oshirdilar.
Tashrif davomida tarbiyalanuvchilarning sinf rahbarlari, yaqin o‘rtoqlari bilan indiviual tarzda suhbatlashilib, ularning fikrlari tinglandi. O‘rganishlar davomidagi xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, ushbu farzandlar bugungi kunda taʼlim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, barchasi taʼlim dargohlariga va yangi oilalar davrasiga moslashgan. Ularning o‘qishga bo‘lgan munosabatlari tizimli ravishda davom etmoqda.