Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixolog harbiy xizmatchilari tomonidan Buxoro shahrida joylashgan 2-sonli hamda 6-sonli Oilaviy bolalar uyi farzandlari holidan xabar olinib, oilalarga moslashish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik o‘zgarishlar o‘rganildi.
Shu bilan bir qatorda, ota-onalar xatti-harakatlarining bolajonlar tarbiyasidagi o‘rni to‘g‘risida maslahatlar va tavsiyalar berildi.