Har yili orziqib kutiladigan Navro‘zi olam—ko‘ngil obodligi, uyg‘onish, poklanish shodiyonasi hamdir. Bu ayyom kunlarida qilingan xayrli duolar, ezgu orzu-niyatlar ijobat bo‘ladi, deydi nuroniylarimiz.
Bugun Furqat tumanida ham Navro‘z koʻtarinki ruhda nishonlandi. Bayramda “Mehribon qalb” va “Murg‘ak qalblar” nomli Oilaviy bolalar uylarining farzandlari oʻz raqslari bilan ishtirok etib, tadbirni bayramona kayfiyatda o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.