Viloyat hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahri, Aralovul mahallasida ochilgan Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurib, bu yerda tarbiyalanayotgan bolajonlarni bayram bilan tabrikladi hamda ularga Prezident sovg‘alarini topshirdi.
Maʼlumot o‘rnida, Qarshi shahri, Aralovul mahallasida yashovchi Shokir Suyunov va Gulbahor Hamidovalar oilasi Mehribonlik uyidan 8 nafar o‘g‘il-qizlarni o‘z tarbiyasiga olib, Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ygandi.