O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgust kunidagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5215-sonli Qaroriga muvofiq, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida ham bir kunda ikkita “Oilaviy bolalar uy”lari tashkil etildi.
Qamashi tumani “Obod” MFY Bodomzor ko‘chasi-29 uyda yashovchi G.Choriyeva 5 nafar bolalarni, Qamashi tumani “Ulug‘bek” MFY Ulug‘bek ko‘chasi 24-uyda yashovchi fuqaro G.Allanazarova ham 5 nafar bolalarni, Qamashi tumanida joylashgan 4-sonli “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanayotgan bolalarni o‘z qaramog‘lariga olib, ushbu bolalarni oila muhitiga tarbiyalash uchun yuksak namuna ko‘rsatdilar. Tashkil etilgan “Oilaviy bolalar uy”larning bugun tantanali ravishda ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan ushbu tadbirga viloyat halq taʼlimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasining masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirok etgan keng jamoatchilik vakillari, “Oilaviy bolalar uy”larini tashkil etgan xonadon egalariga, boshlagan hayrli va saxovatli ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.