Barcha bolalarning orzusi boʻlgan Yangi yil bayramiga ham kam vaqt qoldi. Yangi yil bayrami arafasida haqiqiy mo‘jizalar sodir boʻlib, orzular amalga oshadi. Xuddi shunday 18 nafar oʻgʻil-qizlarning ham orzulari amalga oshdi: ular orzu qilgan buyum va anjomlarni qoʻlga kiritishdi. Bolalarning orzusini amalga oshishiga “Mehr daftari” elektron platformasi yordam berdi. Eng qizigʻi shundaki, hokimiyat va Milliy gvardiya organlari vakillari bilan boʻlgan suhbatda, bolalarning koʻpchiligi oʻyinchoq emas, balki ularning kelajakda kasb va yangi koʻnikmalar oʻzlashtirishida kerak boʻladigan buyum va anjomlar soʻrashdi. Xususan, kompyuter, noutbuk, tikish mashinasi, duradgorlik anjomlari toʻplami va boshqa shunga oʻxshash buyumlar.
Maqsadlarni roʻyobga chiqarish uchun tashkil etilgan tantanali tadbirda bir qator masʼul vakillar: jumladan, tuman hokimligi, Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi, IIV va boshqa boshqarmalar vakillari ishtirokida oʻtkazildi.
Bolalar davlat rahbariyatiga koʻrsatgan eʼtibor va gʻamxoʻrligi, yordami uchun samimiy minnatdorchilik bildirishdi.