Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan viloyatning O‘zbekiston, Furqat tumanlari va Qo‘qon shahridagi oilaviy bolalar uylarining faoliyati, bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, har bir bolaning sog‘lig‘i o‘rganildi. O‘rganish davomida salomatligida muammosi bor bo‘lgan bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ko‘rik xulosasiga ko‘ra, davolash bo‘yicha vazifalar belgilandi.