Oliy Majlis Senati tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan joriy yilning 15-17-may kunlari yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini o‘rganish masalalari bo‘yicha Buxoro viloyatida bir qator tashriflar amalga oshirildi.
Xususan o‘rganishlar davomida, Buxoro viloyatida o‘z uyini mehr manziliga aylantirgan oilalar hamda ularda tarbiya topayotgan bolajonlar holidan xabar olindi.
SHu bilan birga, mahalla hamda bolajonlar tahsil olayotgan umumtaʼlim muassasalarning ham Oilaviy bolalar uylari bilan hamkorligi o‘rganilib, masʼullarga zarur tavsiyalar berildi.