Olijanoblik va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan Ramazon oyining muborak kunlarida o‘zgalarning mehr va ko‘magiga muhtoj aka-uka va opa-singillarga g’amxoʻrlik qilish hamda e’tibor koʻrsatish komil insonning fazilatlari hisoblanadi.
Yoshlar masalalari agentligi Kitob tuman bo‘limi boshlig‘i Shohrux Zokirov boshchiligidagi bir guruh yoshlar yetakchilari tuman “Bolalar uyi”ga tashrif buyurib, bolajonlar holidan xabar olishdi.
Tadbir davomida mehmonlar muassasa tarbiyalanuvchilarini bayram bilan qutlab, ularga esdalik sovg‘alarini ulashdi.