O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuror o‘rinbosari - harbiy prokuror adliya polkovnigi Qudratxoʻjayev Botir Bahromovich hamda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexkanovich Fargʻona tumanida joylashgan "Kelajak va baxt" nomli Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oilaning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishib, bolajonlar bilan oʻqish va boʻsh vaqtidagi sevimli mashgʻulotlari haqida suhbatlashdilar.
Oʻgʻil-qizlar ham o`z navbatida, erishgan yutuqlari,toʻgaraklar va sport mashgʻulotlarida oʻzlashtirgan koʻnikmalari haqida gʻurur bilan soʻzlab berishdi.
Tashrif yakunida mehmonlar tomonidan bolalarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shundan so`ng, harbiy prokuror va Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi, "Mehr daftari " tizimiga kiritilgan 28 yoshli Isakov Muhriddinni yangi uy bilan qutlash maqsadida uning xonadoniga tashrif buyurishdi.