Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan 26 noyabr sanasida Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 22 sonli mehribonlik uyida “Diydor” teatr studiyasi jamoasi hamkorligida “Kitob mening do‘stimsan” nomli musiqiy teatrlashtirgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbek xalq ertaklari, hamda xorijiy asarlaridagi hikoyalardan qisqa sahnalar namoyish qilindi.
Ming bor eshitgandan bir bor ko‘rgan afzal deganlaridek, badiiy va adabiy asar qahramonlari teatrlashtirgan sahnalar, kuy va qo‘shiqlar, turli qiziqarli so‘rovnomalar bolalar eʼtiboriga havola qilindi.
Tadbir haqiqiy bayram tusini oldi. Bolalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish bilan birga asarlar jonli qahramonlari bilan esda qolarli bo‘ldi. Bu kabi tadbirlar, ijodiy, adabiy kechalar, kitobxonlikka jalb qilishga qaratilgan tanlovlar, uchrashuvlar Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan hafta mobaynida mehribonlik uylarida, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarida keng tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.
Tadbir so‘nggida Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga kitob va daftarlar hadya qilindi.
Loyihalarimizda faol bo‘ling.
Manba: https://t.me/rbk_matbuotxizmati/2269?single