O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti "Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash" kafedrasi professor- o‘qituvchilari tomonidan Sirdaryo tumani Baxt shahri Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida taʼlim muassasaning faoliyati, tarbiyalayotgan tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy holati, muassasani tark etgandan ketgandan keyingi yashash sharoitlariga doir hujjatlar o‘rganildi.
Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilar uchun taʼlim-tarbiya muassasasida yaratilgan sharoitlar yaʼni yotoqxona, yuvinish xonalari, oshxona, mahsulotlarni saqlash uchun omborxona, o‘quv va usta xonalar, sport bilan shug‘ullanish uchun zallar shuningdek, ushbu muassasada tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarga dars jarayonlarining olib borilishi, to‘garaklar faoliyati, kutubxona, o‘quv xonalardan foydalanish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.