O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2022 yil 4 avgustdagi PQ-345-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 avgustdagi "Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi" 451-sonli qarori mazmun mohiyatini yetkazish maqsadida, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida viloyat hududidagi oilaviy bolalar uyi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
Tadbir davomida, oilaviy bolalar uylarini tashkil etish va ularni moliyalashtirish, oilaviy bolalar uylarini yuridik shaxs maqomisiz tashkil etish, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ushbu uylarga berish tartibi, oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi, oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga berilgan bolalarning ijtimoiy yordam, taʼlim va sog‘lomlashtirishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlash tartibi hamda oilaviy bolalar uyi taʼminoti uchun mablag‘ ajratish shartlari to‘g‘risida atroflicha maʼlumot berildi.
Yig‘ilish davomida, ota-onalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.