Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyining 2-guruh tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bilimli va zukko bolalarni aniqlashga qaratilgan tanlov o‘tkazildi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, o`quvchilar maktab o‘quv dasturi bo‘yicha matematika, ko‘paytirish jadvallari, mantiqiy va analitik fikrlash, o‘z tafakkurida misollarni tez yecha olish, masalalarning nostandart yechimlarini topish boʻyicha iqtidorlarini namoyish etishlari kerak edi.
Musobaqa yakunida eng yuqori natijani qayd etgan Rustam Ivasyuk g‘olib deb topildi.