Ayni kunlarda Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi Ro‘ziboyevlar oilasining farzandlari Snejana va Xatibaxon oliy o‘quv yurtlariga kirishga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Avvalroq, mazkur oila xonadoniga Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sh.Akbarov boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurganida, qizlarning ota-onalari o‘qishga qabul qilish uchun zarur hujjatlarni to‘plash va rasmiylashtirishda yordam so‘ragan edi.
Bugungi kunga kelib hujjatlarni yig‘ish jarayoni yakunlandi. Snejana va Xatibaxon o‘zlari kirmoqchi bo‘lgan beshta universitetni tanladilar. Harbiy xizmatchilar hujjatlar bilan bog‘liq ishlardan tashqari, qizlarga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishda amaliy yordam bermoqda. Qizlarga omad tilaymiz!