O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti "Harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahar "Shodlik" mahallasi "Serquyosh" ko‘chasi 44 uyda ochilgan "Bolajonlarning kelajagi buyuk" nomli Axmadxonovlar oilasi "Oilaviy bolalar uyi"ga tashrif buyurildi. Ushbu Oilaviy bolalar uyi o‘z tarbiyasiga 5 nafar bolani, ya’ni 2 nafar o‘g‘il va 3 nafar qizlarni o‘z tarbiyasiga olgan. Tashrif davomida tarbiyalanuvchilarni yashash shart-sharoitlari, ota-ona, buvi-buva va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar, farzandlarning oilaga moslashuv jarayonini o‘rganish maqsadida tashrif buyurildi. Tashrif davomida kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan ota-onaga, farzandlarining qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarga jalb qilishi, tarbiyalanuvchilarning temperament va xarakter xususiyatlari bo‘yicha pedagogik hamda psixologik tavsiyalar berildi.