Kuni kecha 22-sonli “Mehribonlik” uyining sobiq tarbiyalanuvchisi Sitora Egamqulovaga tantanali ravishda xonadon kaliti va order topshirildi. Sitoraga ajratilgan uy Bekobod shahrining Mustaqillik mahallasida joylashgan bo‘lib, uy to‘liq taʼmirlangan, yangi mebel o‘rnatilgan, bir so‘z bilan aytganda, yangi va mustaqil hayot boshlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Sitorani yangi uyga ko‘chishi munosabati bilan tuman hokimining o‘rinbosari S. Beknazarov ham yangi uy sohibasini tabrikladi. Hokim o‘rinbosari Sitoraga uy kaliti va orderni topshirar ekan, o‘z ezgu tilaklarini bildirgan holda tuman mutasaddilari unga doim yordamga tayyor ekanini alohida taʼkidladi.