Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, markaziy devon tibbiyot xizmati hamda viloyat hokimligi masʼullari tomonidan Buxoro viloyatidagi Oilaviy bolalar uyi farzandlarining sog‘ligi holati, ularning yashash va taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek qish mavsumiga tayyorgarlik, yong‘in xavfsizligiga rioya qilish holatlari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida masʼullar tomonidan asosiy eʼtibor bolalarning sog‘ligi holatiga qaratilib, ota-onalar hamda farzandlarga tibbiyot yo‘nalishidagi zarur tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, oilalarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, homiylar ko‘magida Sattorov hamda Abdullayevlar oilalariga elektrogeneratorlar taqdim etildi.