Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati Jondor tumanidagi Saidovlar hamda Buxoro shahridagi Mattiyevlar xonadoniga tashrif buyurib, farzandlar holidan xabar oldi. Tashrif davomida bolajonlar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, unda o`g`il-qizlar ham o`z navbatida, ezgulik, mehr-oqibat va insoniylik haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Tadbir soʻnggida tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.