Buxoro viloyatda tashkil etilgan oilaviy bolalar uylari farzandlari dam olayotgan “Peshku” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Buxoro viloyati Peshku tumani “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan kamondan o‘q otish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqa avvalida gvardiya xodimlari bolalarga mahorat darslarini o‘tdilar. Bolalarga kamon qanday yasalgani, uni qanday tutish kerakligi, yoyni qanday qilib to‘g‘ri tortish kerakligi haqidagi maʼlumotlar berib o‘tildi. Bolalar biroz mashq qilib olgach musobaqa boshlandi.
Musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Har bir ishtirokchi g‘alaba qozonishni xohlasa ham, bolalar tan olganidek, do‘stlik har doim va har qanday vaziyatda ham g‘alaba qozonadi.