Maʼlumot uchun: Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Xusenovlar oilasi Mehribonlik uyidan 7 nafar o‘g‘il-qizni o‘z oilasi bag‘riga qabul qilgan. Hozirgi kunda 5 nafar bolajonlar mazkur xonadonda tarbiyalanmoqda.Ulardan 2 nafari 18 yoshga to‘lganligi bois, davlat tomonidan yangi xonadonlar ajratilgan va ular mustaqil hayot kechirmoqda.
Kuni kecha Xusenovlar oilasi bayram munosabati bilan turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy majmuaga tashrif buyurdi. Kechki sayr davomida oila aʼzolari maʼdaniy hordiq chiqarish bilan birga, ko‘plab tarixiy maʼlumotlarga ham ega bo‘lishdi.
Sayohat qizlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Boisi ular do‘ppi tikish sanʼati bilan yaqindan tanishib, endilikda qizlar ham mazkur hunarni o‘zlashtirishga qaror qilishdi.