Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan oilaviy bolalar uylari farzandlari uchun I. Saviskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Butun dunyoda noyob xazina sifatida eʼtirof etilgan muzey fondida 100 mingga yaqin eksponatlar – O‘zbekiston tasviriy sanʼati, qimmatbaho osori-atiqalar va albatta, Turkiston va o‘tgan asrning 20-30-yillari rus modernizmiga oid suratlar saqlanadi. O‘quvchilar rassomlar tomonidan yaratilgan sanʼat asarlari, zargarlik buyumlari, yog‘och o‘ymakorligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik mahsulotlari bilan tanishdilar.