O‘zbek tili bayrami bilan yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! / / Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilariga yong‘in xavfsizligi qoidalari haqida tushuncha berildi // Respublikamiz bo‘ylab barcha viloyatlarda “Mehr daftari” tizimining ishlash tartibi va tamoyillarini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda // Milliy gvardiya va FVV yong‘in xavfsizlik xizmati xodimlari oilaviy bolalar uylarining kuz-qish mavsumiga tayyorligini tekshirmoqda //Sogʻliqni saqlash-ustuvor vazifa: oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtadilar / / Buxoroda oilaviy bolalar uylardagi tarbiyalanuvchilar teatrga tashrif buyurishdi / / hududlarda mehr daftari tizimining tartibi va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv seminarlari davom etmoqda / / Oilaviy bolalar uylari farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi // 22 sonli “Mehribonlik” uyida “Avtomobilsiz kun: yo‘l harakati qoidalariga rioya qilamiz va ekologiyani asraymiz” nomli aksiya bo‘lib o‘tdi // Oliy Majlis senatori samarqandlik Raximovlar oilaviy bolalar uyida mehmon bo‘ldi //Toshkent 22-sonli “Mehribonlik” uyidagi har bir bola o‘ziga yarasha iqtidorli / / “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan parlament nazorati kuchaytirilmoqda 

Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan V Xalqaro futbol turniri g‘olibiga aylangan 22 sonli Mehribonlik uyi yosh sportchilarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

14.11.2023 141

Milliy gvardiya maʼnaviyat va maʼrifat markazida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari T. Komilov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Sh.Maxmudov, O‘zbekiston Respublikasi Futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti R.Irmatov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Qosimov, murabbiy va yosh sportchilar hamda 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir qo‘mondon o‘rinbosari S.Mamayusupov tomonidan kirish so‘zi bilan ochib berilgandan so‘ng “Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan V-Xalqaro forum doirasida sportning Mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa g‘oliblarini taqdirlash to‘g‘risida”gi Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i o‘qib eshittirilib, unga ko‘ra yosh qahramonlarimiz va ularning murabbiylariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tabrik uchun so‘z olgan mehmonlar, yosh futbolchilarimiz ushbu Xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritib, o‘n ikki yoshidayoq yuqori arenalarda mamlakatimiz madhiyasini yangrashiga hissa qo‘shganliklarini haqiqiy qahramonlik deya eʼtirof etishdi.

Sport vazirligi va Futbol assotsiatsiyasi mutasaddi rahbarlari ushbu yosh avlod O‘zbekiston futbol terma jamoasining bo‘lg‘usi nomzodlari ekanligini taʼkidlashdi.

Ishonamizki, yosh sportchilarimiz yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, erishgan yutuqlari bilan cheklanib qolmasdan, bu boradagi shonli anʼanalarimizni munosib davom ettirishadi hamda jahon sport arenalarida Yangi O‘zbekiston bayrog‘ini yana-da baland ko‘tarishadi.