Joriy yilning 16 dekabr kuni Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi va Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan “SOS-O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi yoshlari uchun sportning kamondan otish turi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida yoshlarning sport turiga bo‘lgan qiziqishlari yuqori darajada ekanligi bilindi.
Kelgusida yoshlar ushbu sport turini mukammal o‘rganish va tashkil etiladigan to‘garaklarga aʼzo bo‘lish istagini bildirdi.