Sankt-Peterburgdagi mini-futbol bo‘yicha XVIII Xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egallagan Toshkent va Chirchiq shahrida joylashgan “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat “O‘zbekiston” jamoasi “Paxtakor” klubi mehmoni bo‘lishdi.
Klub raisi yordamchisi Dilshod Karimov turnirda haqiqiy qahramonlik ko‘rsatgan yigitlarga klub hamda qo‘lga kiritilgan kuboklar tarixi haqida so‘zlab berdi va kelajakda ularga omad tiladi.
Tadbir davomida yosh sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun stadionga tur tashkil etilib, olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi. Shu bilan bir qatorda, barcha ishtirokchilar Qibray tumaniga tashrif buyurib, asosiy jamoaning mashg‘ulotlarini kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi.