Farg‘ona viloyati Quva tumanidan ajoyib xushxabar keldi.
Joriy yilning 18-mart kuni kurash sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Matmurodovlar oilasi farzandi So‘g‘diyona Vaganova 2006-2007 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallab, Respublika chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
So'g'diyonani ushbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz va kelgusi musobaqada zafarlar tilaymiz!