Mutaxassislarning fikriga koʻra, bolaning aqliy rivojlanishi haqida qaygʻuradigan ota-onalar albatta, unga kitob oʻqib berishi lozim. Agar bola har kuni uyqudan oldin ovoz chiqarib kitob oʻqisa, bu uning aqliy rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bundan tashqari,kitobda yangi maʼnoli soʻzlar qancha koʻp boʻlsa, bu bolaning lugʻaviy bilimining oshishiga ham sabab boʻladi. Buxoro viloyatidagi Oilaviy bolalar uyi ota-onalari farzandlariga kitob oʻqish madaniyatini singdirishga eʼtibor qaratmoqda.
Bolajonlar uchun oilaviy mutolaa anʼanaga aylangan. Oila davrasidagi bu kabi mashgʻulotlar bolalarni aqliy rivojlantirish bilan birga,ular oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlamoqda.