Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari- Harbiy prokuror, adliya polkovnigi B.Qudratxodjayev hamda Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi Roʻziboyevlar oilasi tomonidan tashkil etilgan "Kelajak va baxt" nomli Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar bolalar bilan suhbatlashib, ularning sevimli mashgʻulotlari va kelajakdagi rejalari bilan qiziqdilar. Oʻz navbatida bolalar ham ularning tashrifidan xursand ekanliklarini bildirib, qanday tahsil olayotganliklari, boʻsh vaqtlarida nimalar bilan band boʻlishlari, qaysi toʻgarak va sport mashgʻulotlariga qatnashishlari, sevimli kitob hamda filmlari,shuningdek,maktab va mahalladagi doʻstlari haqida soʻzlab berishdi.
Tashrif yakunida mehmonlar tomonidan bolalarga esdalik sovgʻalari topshirildi.