Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shavkat O‘ktamovich Akbarov boshchiligida masʼul harbiy xizmatchilar, shahar va tuman Bola huquqlarini himoya qilish sho‘ba rahbarlari, oilalar istiqomat qilayotgan hududlarning mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli vakillaridan iborat ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh oldiga qo‘yilgan vazifalar asosida viloyatdagi Oilaviy bolalar uylari faoliyati, uylarda yaratilgan sharoitlar, farzandlarning sog‘lig‘i, xohish-istaklari, kelgusidagi maqsad va vazifalari yuzasidan tizimli ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.