O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi mutaxassislari tomonidan 2021 yilning 24 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 4-sonli Mehribonlik uyida “Bola oilalarga tegishli – Mehribonlik uylariga emas” mavzusida seminar trening o‘tkazildi. Trening dolzarb mavzuning samarali yechimiga bag‘ishlanib, professor-o‘qituvchilar tomonidan tinglovchilarni jarayonga faol jalb etish maqsadida “mini ma’ruza”, savol-javob, bahs-munozara va guruh ishi metodlaridan foydalanildi.
Seminar trening ko‘tarinki ruxda tashkil etilib, qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar hamda trening nihoyasida resurs materiallari yuzasidan axborot berildi.